Menga qanday do'st kerakligin,
Sochimga oq tushganda bildim
Qirov bosdi gullar bargini,
bog'dan qushlar uchganda bildim,
Otam birla onam qadrini
sochimga oq tushganda bildim
O'tdi yoshlik , o'tdi bolalik
baxtiyorlik ota-onalik
Begonalar mehri ta'mini
Sochimga oq tushganda bildim
Dunyo charxi palakligini
Qandayin do'st kerakligini
Kimlar menga halakligini
Sochimga oq tushganda bildim
Yig'lamasdan kulmasligimni
O'zga yorni suymasligimni
Dunyoni hech bilmasligimni
Sochimga oq tushganda bildim
Menga qanday do'st kerakligin
Sochimga oq tushganda bildim
XURSHID RASULOV еще тексты
Оценка текста
Статистика страницы на pesni.guru ▼
Просмотров сегодня: 3