Orzuga yetmoq osonmas Armon bo'lgan bilan Manzilga yetmoq osonmas Sarbon bo'lgan bilan Katta so'zlab kim topibdi Qadru qimmat e'tibor Oltinu durdan bisoti Bir jahon bo'lgan bilan Zog'ligicha qolgusi zog' Aslo bulbul bo'lmagay Unga gulzoru chamanzor Oshyon bo'lgan bilan Lochinu,shunqoru,burgut O'rnidir asli samo Shabparak shunqor bo'lolmas Javlon bo'lgan bilan Badniyatning niyati-bad Kutmang undan yahshilik Qoshingizda do'stman deb Namoyon bo'lgan bilan Do'stlar,har kimsani huddi G'animdek bilmangiz So'zi talxu,tili tig'day Beomon bo'lgan bilan