Гуру Песен Популярное
А Б В Г Д Е Ж З И К Л М Н О П Р С Т У Ф Х Ц Ч Ш Э Ю Я
# A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z

Yulduz Usmonova - Gar o'lsam | Текст песни

Samodagi yulduzlarga ko’chsam hamki,
Zulmatlarda shamdek yonib o’chsam hamki,
Olislarda sendan ayro tushsam hamki,
Daryo bo’lib toshar ko’nglim, toshar ko’nglim,
Yurak sen deb urib turar - ona yurtim,

Sen bo’lmasang bo’larmidim - Yulduz bugun,
Ishqindan qalb yonar kecha-kunduz bu kun,
Chuqur botdi qalbimga bir ildiz bu kun,
Ildizidan uzilsa kim shaksiz so’nar,
Ildizidan uzilmagan chinor bo’lar,

Gar o’lsam, beshigimning yopinchig’in topinglar,
Yirtiq yamoq bo’lsa-da tobutimga yopinglar,
Ko’rsinlar yig’laganlar, umrim bir xatodir,
Bu dunyodan topganim shu bir parcha – matodir…

Senga tomon talpinarman, yuragim sen,
Har qadamda panoh menga, keragim sen,
Qayda bo’lmay sening bitta bo’laginman,
Kecholmasman sendan asl o’zligimsan,
Qora qoshli, qora ko’zli O’zbegimsan,

Men Vatanni alishmasman(не поменяю) dunyolarga,
Alishmasman Parij, Rim, Amriqolarga…
Tuprog’ingni zarrasidek - tillolarga–ey!
Ona yurtim dildan sevgan dilbandingman,
Xizmatingga kamarbasta farzandingman…

Gar o’lsam beshigimning yopinchig’in topinglar,
Juldur-jamoq bo’lsa-da tobutimga yopinglar,
Ko’rsinlar yig’ilganlar, umrim bari xatodir,
Bu dunyodan topganim shu bir parcha – matodir…

Chiqmay turib shirin joni badanidan,
Kechmas Yulduz o’z elidan, Vatanidan,
Ayro tushmas bulbul ham o’z chamanidan,
Bulbul bo’lib navo qildim – bog’laringda,
Garchi qancha alam qoldi - zo’glaringda…

Gar o’lsam, beshigimning yopinchig’in topinglar,
Yirtiq-yamoq bo’lsa-da, tobutimga yopinglar,
Ko’rsinlar yig’ilganlar, umrim bari xatodir,
Hayotimda topganim shu bir parcha – matodir…
Shu bir parcha – matodir…
Umrim bari xatodir…

Статистика страницы на pesni.guru ▼
Просмотров сегодня: 1
Видео
  • Yulduz Usmonova - Gar o'lsam Yulduz Usmonova - Gar o'lsam
    Gar olsam, beshigimning yopinchigin topinglar, Yirtiq yamoq bolsa-da tobutimga ...
  • Yulduz Usmonova.Gar o'lsam Yulduz Usmonova.Gar o'lsam
    Yulduz Usmonova.Gar o'lsam. ... Yulduz Usmonova - Yoningdaman albom taqdimoti ...
  • Yulduz Usmonova Shukur Mustaqillik 2005 Yulduz Usmonova Shukur Mustaqillik 2005
    Yulduz Usmonova Shukur Mustaqillik 2005 ... O`zbekiston Respublikasi ...
  • Yulduz Usmonova Ayol oshiq bo'lsa gar Yulduz Usmonova Ayol oshiq bo'lsa gar
    yulduz usmanova yulduz uzbek uzbekistan tashkent uzbek song mp4.
  • Yulduz Usmanova - Ayol Yulduz Usmanova - Ayol
    Yulduz Usmanova Ayol. ... Yulduz Usmonova - Yana bahor | Юлдуз Усмонова - Яна бахор ...
  • Yulduz Usmonova- Vatan 2012 Yulduz Usmonova- Vatan 2012
    Gar yiroqda bo`lsam hamki, diydoriga ko`nglim shoshar, Vatan derkanmening o` pkam ...
  • YULDUZ USMONOVA - LAYLI YULDUZ USMONOVA - LAYLI
    YULDUZ USMONOVA USMANOVA uzbek uzbekistan turkish song singer khurshid1989 ...