Osmon yig`lar, go`yoki mening qismatimga achinar, Soat sayin, bu umrimning, so`nggi oni yaqinlashar. Meni jonidan, sevgan azizim, kutgan baxting berolamayman, Seni mendik chin, dilidan sevar, sodiq yurakka beraman.
Naqorat: O hayot, o hayot, to`ymadim senga hayot, Ayirar qismat, shirin bag`ringdan. Tayyorman bunga hayot... O hayot, o hayot.
Ulgurmadim, qadrdonlarga burchimni ado etishga, Ulguray lekin, sal bo`lsa ham, mehrini so`ndirishga. Toki ular hech, ozor chekmasin, bevaqt judolikdan, Mehribonlarim, hayotingizdan, ketsam edi bilinmasdan.
Naqorat: O hayot, o hayot to`ymadim senga hayot, Ayirar qismat, shirin bag`ringdan. Tayyorman bunga hayot... O hayot, o hayot...