\"Qaro ko'zim\"
(на литературном чагатайском (староузбекском) языке ~1468 г.)
Qaro ko'zum, kelu mardumlug' emdi fan qilg'il,
Ko'zum qarosida mardum kibi vatan qilg'il.
Yuzung guliga ko'ngul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholig'a jon gulshanin chaman qilg'il.
Takovaringg'a bag'ir qonidin hino bog'la,
Itingg'a g'amzada jon rishtasin rasan qilg'il.
Firoq tog'ida topilsa tufrog'im, ey charx,
Xamir etib yana ul tog'da ko'hkan qilg'il.
Yuzung visolig'a yetsun desang ko'ngullarni,
Sochingni boshdin-ayog' chin ila shikan qilg'il.
Xazon sipohiga, ey bog'bon, emas mone'
Bu bog' tomida gar ignadin tikan qilg'il.
Yuzida terni ko'rub o'lsam, ey rafiq, meni
Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg'il.
Navoiy, anjumani shavq jon aro tuzsang,
Aning boshog'lig' o'qin sham'i anjuman qilg'il
Неизвестен еще тексты
Другие названия этого текста
- Алишер Навои/Alisher Navoiy - "Qaro ko'zim" (0)
- Неизвестен - К,аро кузим (0)
Оценка текста
Статистика страницы на pesni.guru ▼
Просмотров сегодня: 2