Гуру Песен Популярное
А Б В Г Д Е Ж З И К Л М Н О П Р С Т У Ф Х Ц Ч Ш Э Ю Я
# A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z

Неизвестен - Капалак (монолог) | Текст песни

Mehmon bo'ldi tushimda onam
Ko'zlarida tashvish, istirib,
Hayolida ming bir savollar,
Yuzlarida ming bitta azob.
Boshim uzra bo'lib ovvora
Ming dard bilan bo'lib faromush,
Atrofimda bo'lib parvona
Savol bilan boqadi homush.
Oq sochlari hiyol to'zg'igan,
Qadoq qo'llar boshim silaydi,
Ko'zlarimga tik boqib zimdan
Savoliga javob so'raydi.
Eshitilar yurak urishi,
So'zlarida mungli hayajon:
O'g'lim gapir bu qandoq holat,
Nima bo'ldi senga bolajon.
Aytgin bolam gunohing nima?
To'rt devorga mahkumsan nechun,
Bu qandayin temir panjara
Temir eshik nahot sen uchun.
Aytgin o'g'lim, yashirma mendan
Nahot qo'ling qonga botgandur.
Kutmagandim yomonlik sendan
O'g'rilikka ko'ngling yotgandir.
Yo kimningdir toptap nomusin
Tushirdingmi sha'nimizga dog'.
Yo unutib bergan oq sutim
Ruhimizga qo'ydingmi oyoq.
Balki bo'lib sen shuhratparast
O'zgalarni qilding behurmat,
Ko'chalarda yurib mast-alast
Padaringga keltirding lan'at.
Ko'z ochaman yo'qdir madorim
Atrofimda tanish manzara,
Temir eshik darchasi bilan
Yana o'sha temir panjara.
Tong shu'lasi tuynik ortidan
Ko'rinadi misli kamalak.
Vo ajabo yostig'im uzra
Qo'nib turar mitti kapalak.
Ey tabiat lolman sehringga,
Buncha sirli bo'lmasang dunyo.
Tushimdagi onam so'zlarin
Shu kapalak aytganday go'yo.
Onam ruhi bezovta bo'lib,
Uchib kelmish kapalak timsol.
Boshim uzra ohista qo'nib,
Qayta-qayta beradi savol.
Onajonim meni kechiring
Ruhingizni bezovta qildim.
Qora kunlar tushib boshimga
Yana bir bor qadringiz bildim.
Onajonim meni kechiring
YAxshi kunlar yodga olmadim.
Qabringizga qo'yib sag'ana
Lekin o'zim tez-tez bormadim.
Pok tutdim men sha'ningiz, ammo,
Zarracha dog' tushirganim yo'q
Otam bilan sizning nomingiz
Yuragimdan o'chirganim yo'q.
Yuragim ham toza,ko'nglim ham toza
Qotillikdan yiroqdir yo'lim
Onajonim, onajonim o'g'ri emasman
O'g'rilikka bormaydi qo'lim.
Bo'lganim yo'q men shuhratparast
O'zgalarni kamsitganim yo'q,
Duo oldim umrimda faqat,
Ammo lan'at keltirganim yo'q.
Aybim shuki,do'st deb barchani
Quvonchimga sherik qilganman.
Sinab ko'rmay dardimni aytib,
Dushmanimni do'st deb bilganman.
Aybim shuki, rost gapirganman,
Do'stimga ham dushmanimga ham,
Sherik bo'ldim o'zga dardiga,
O'z dardimga topmadim malham.
Aybim shuki, bo'yin egmadim,
Vijdonimni qo'yib garovga
Mag'rur yashab qaram bo'lmadim,
Soxta obro' izlab birovga.
Aybim shuki, boylik yig'madim,
Farzandimni dedim tillodan
Yomonlikka yaxshilik qildim
Kulfatimni ko'rdim xudodan.
So'zlarimni tushnib go'yo
Panjaraga uchdi kapalak,
Onam ruhi taratib go'yo,
Qayta ato etgandi yurak.
Onam ruhi qayta kuch berdi.
Orzu, umid berdi yurakka:
O'g'lim ozod bo'lasan
Dedi, intil ,dedi, orzu tilakka.
Mehmon bo'ldi tushimda onam
Makonida o'tinch yotardi.
Qabri uzra bosh egib turdim
Ufqda esa quyosh botardi.

Неизвестен еще тексты


Видео
Нет видео
-
Оценка текста
Статистика страницы на pesni.guru ▼
Просмотров сегодня: 6