Гуру Песен Популярное
А Б В Г Д Е Ж З И К Л М Н О П Р С Т У Ф Х Ц Ч Ш Э Ю Я
# A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z

Севара Назархан - ULUGIMSAN VATANIM | Текст песни

Men dunyoni nima qildim,
O`zing yorug` jahonim,
O`zimga bek,
O`zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg`izim,
Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan.

Sen Ho`jandsan,
Chingizlarga
Darvozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan,
Muqannasan qorachig`i
Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko`rgan cho`pon
Cho`lig`imsan, Vatanim.

Shodon kunim gul otgan sen,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi,
Onammi,
Ilig`imsan, Vatanim, o`zingsan,

Sen – shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam,
Qizim deb,
Bosh egib turgan o`zing,
Ulug`imsan, VATANIM !

Kim Qashqarni qildi makon,
Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin – Qurdistonda,
Boburing – Hindistonda,
Bu qanday yuz qarolig` deb
Yotarlar zimistonda,
Tarqab ketgan to`qson olti
Urug`imsan, Vatanim…

Qizim desa osmonlarga
G`irot bo`lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga
Qayliq bo`lib tushgayman,
Padarkushdan pana qilib
Ulug`beging quchgayman,
G`ichir-g`ichir tishimdagi
So`lig`imsan, Vatanim…

Shodon kunim gul otgan sen,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi,
Onammi,
Ilig`imsan, Vatanim, o`zingsan,

Sen – shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam,
Qizim deb,
Bosh egib turgan o`zing,
Ulug`imsan, VATANIM !

Shodon kunim gul otgan sen,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi,
Onammi,
Oftobimsan, Vatanim, o`zingsan,

Sen – shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam,
Qizim deb,
Bosh egib turgan o`zing,
Ulug`imsan, VATANIM !

Статистика страницы на pesni.guru ▼
Просмотров сегодня: 4
Видео
  • Sevara Nazarhan - Ulug'imsan Vatanim (Премия ... Sevara Nazarhan - Ulug'imsan Vatanim (Премия ...
    Премия Эътироф-2013, 20 декабря 2013, Ташкент. Выступление заслуженной артистки Узбекистана Севары Назархан на церемонии ...
  • Sevara Nazarhan - Ulug'imsan, Vatanim Sevara Nazarhan - Ulug'imsan, Vatanim
    Sevara Nazarhan - Ulug'imsan, Vatanim. ... Интервью Севары Назархан на шоу Наедине со ...
  • Sevara Nazarkhan - Ulug'imsan Vatanim Sevara Nazarkhan - Ulug'imsan Vatanim
    Sevara Nazarkhan - Ulug'imsan Vatanim ... Севара Назархан спела узбекскую песню на канале ...
  • Севара - Ulug'imsan Vatanim Севара - Ulug'imsan Vatanim
    Севара - Ulug'imsan Vatanim .... Севара Назархан спела узбекскую песню на канале Культура - Duration: 5:36 ...
  • Sevara - Ulug'imsan vatanim ___ Севара ... Sevara - Ulug'imsan vatanim ___ Севара ...
    Sevara - Ulug'imsan vatanim ___ Севара - Улуғимсан ватаним ... Севара Назархан спела узбекскую ...
  • Sevara Nazarkhan (Севара Назархан) Sevara Nazarkhan (Севара Назархан)
    Sevara Nazarkhan (Севара Назархан) ... Sevara Nazarhan - Ulug'imsan Vatanim (Премия Эътироф ...