NAMANGANNING OLMASI
Namanganning olmasi, anori bordirey,
Mani ko'nglimni olgan o'sha dildorey.
Man yorimni sog'insam, yo'lga qarayman,
Sochlarimni avaylab, silliq tarayman.
Qoshimga o'smalar qo'ysam kelarmiyey,
Ko'zimga surmalar sursam kelarmu.
H-o-о...yali yali yalola, yalo demasmaney,
Yalinganing bilano, yoningga bormasman.
Статистика страницы на pesni.guru ▼
Просмотров сегодня: 1