Гуру Песен Популярное
А Б В Г Д Е Ж З И К Л М Н О П Р С Т У Ф Х Ц Ч Ш Э Ю Я
# A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z

Юлдуз Усманова - Ӯзбекистон, қандай бӯлсанг шундай севаман | Текст песни

Kimning savob kimning chimdim gunohi bordur
Har nihonning boshida o’z panohi bordur
Inson borki vatan degan bir mohi bordir
O’zbekiston qanday bo’lsang shunday sevaman

Ajinlari yuzga sig’mas momom o’zingsan
Qadoq qo’li ko’ksida gul bobom o’zingsan
Madhing qandoq kuylamayin jim turayin man
O’zbekiston qanday bo’lsang shunday sevaman
Shunday sevaman

O’zbekiston qanday bo’lsang shunday sevaman
Tunda oyday kunduz kulgan kunday sevaman

Demagayman seni undoq bundoq sevaman
Bir dehqondek sevsam deyman unday sevaman
O’zbekiston qandoq bo’lsang shundoq sevaman

Ko’kda uchgan qushlardan ham don so’raganlar bor
Vatanidan faqatgina shon so’raganlar bor
Yaxshing bisyor yomoningga insof bo’lsin yor
O’zbekiston qandoq bo’lsang shundoq sevaman

O’zbekiston qandoq bo’lsang shundoq sevaman
Shundoq sevaman
Demagayman seni undoq bundoq sevaman
Tirik turib seni sevmay qandoq yashayman

O’zbekiston qandoq bo’lsang shundoq sevaman
O’zbekiston qanday bo’lsang shunday sevaman
Tunda oyday kunduz kulgan kunday sevaman
O’zbekiston qandoq bo’lsang shundoq sevaman

Qoshiga gard sochlariga changlar ilashgan
Kunda kuygan yuzlarini dog’lar talashgan
Tizlar chuksa niholiga chukib tillashgan
Bir dehqondek sevsam deyman unday sevaman
Unday sevaman

O’zbekiston qanday bo’lsang shunday sevaman
Tunda oyday kunduz kulgan kunday sevaman
O’zbekiston qanday bo’lsang shunday sevaman
O’zbekiston qanday bo’lsang shunday sevaman
Tunda oyday kunduz kulgan kunday sevaman
O’zbekiston qandoq bo’lsang shundoq sevaman
Demagayman seni unday bunday sevaman
Bu buloqni ushal ba’g’ri xumday sevaman
O’zbekiston qandoq bo’lsang shundoq sevaman

Другие названия этого текста
  • Юлдуз Усманова - Ӯзбекистон, қандай бӯлсанг шундай севаман (1)
  • - Ӯзбекистон, қандай бӯлсанг шундай севаман (0)
Статистика страницы на pesni.guru ▼
Просмотров сегодня: 1
Популярное сейчас
Видео
Нет видео
-