Ko’zingizda ko’zim qolib ketsin mening, So’zingizdan so’zim tonib ketsin mening. Izingizda izim qolib ketsin mening Faqat meni boshqalarga almashtirmang!... Dardingizda kuyib ketdim, yo pirimey! Armonlarga to’yib,bitdim, yo pirimey! O’zimdan ham suyib o’tdim, yo pirimey! Faqat meni boshqalarga almashtirmang!.. Ta’rifingiz izlay, toki so’zim tirik, Fido bo’lib yashagayman, o’zim tirik, Xiyonatni kechirmaydi, ko’zim tirik, Faqat meni boshqalarga almashtirmang!..