Qalbimda to`la orzularim bor, ushalar qachon, Eng oliy orzu, meni doimo asraydigan inson. Ishonolmadim, taqdir yuzma-yuz senga uchratdi, O`sha kun bildim hayot sinovga meni uzatdi.
Naqorat: Aniq bilaman, baxtga yetmayman, Dardim yashaydi mening qalbimda. Aniq bilaman, umid bo`lsa xam, Hayotim emas, mening qo`limda
Qiynar yuragim, nedir gunohim, shuncha azoblar, Taqdirmas bo`lsang, nega hayolim, seni eslatar. Armonim bo`lib ushalding orzu bu qanday jazo? Oxirgi so`zim baxtiyor bo`lgin, orzu alvido!
Naqorat: Aniq bilaman, baxtga yetmayman Dardim yashaydi mening qalbimda. Aniq bilaman, umid bo`lsa xam, Hayotim emas, mening qo`limda