Boshing egib ta'zim ayla, shukrona ayt Seni guldek erkalagan chaman uchun Osmonlarda yurgan bo'lsang tuproqqa qayt Aytgil do'stim nima qildik vatan uchun
Ko'zi qora, yuragi oq shu el uchun Tuproq uchun, shu yurt uchun, chaman uchun Ulug' inson boshlab bergan shu yo'l uchun Aytgil do'stim nima qildik vatan uchun
Elim uchun, yurtim uchun Yaratmishdir bizni Xudo vatan uchun Nima qildik vatan uchun Kerak bo'lsa jonim fido vatan uchun
Qachongacha qorning o'ylab o'tadursan Qachongacha ko'kdan chalpak kutadursan Axir vatan bitta, sen ham bittadursan Aytgil do'stim nima qildik vatan uchun
Buncha bino qoymang zarrin choponlarga Saratonda yaproq bo’lgin dexqonlarga Suyangani tayoq bolgin choponlarga Aytgil do’stim nima qildik vatan uchun?
Hech kimdan kam emassan, kam bolmagaysan Yerda qolsang quyosh bolib kulmagaysan Qachon belni maxkam tortib bog’lagaysan Aytgil dostim nima qildik vatan uchun
Shu soylardan suvlar urgin yuzinga sen Bir bor nazar solgin bosgan izinga sen Shu savolni berib ko’rgin o’zinga sen Aytgil do’stim nima qildik vatan uchun