Гуру Песен Популярное
А Б В Г Д Е Ж З И К Л М Н О П Р С Т У Ф Х Ц Ч Ш Э Ю Я
# A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z

севара - Ulughimsan Vatanim | Текст песни

Muhammad Yusuf she`ri

Men dunyoni nima qildim,
O`zing yorug` jahonim,
O`zimga bek,
O`zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg`izim,
Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan.

Sen Ho`jandsan,
Chingizlarga
Darvozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan,
Muqannasan qorachig`i
Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko`rgan cho`pon
Cho`lig`imsan, Vatanim.

Shodon kunim gul otgan sen,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi,
Onammi,
Ilig`imsan, Vatanim, o`zingsan,

Sen – shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam,
Qizim deb,
Bosh egib turgan o`zing,
Ulug`imsan, VATANIM !

Kim Qashqarni qildi makon,
Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin – Qurdistonda,
Boburing – Hindistonda,
Bu qanday yuz qarolig` deb
Yotarlar zimistonda,
Tarqab ketgan to`qson olti
Urug`imsan, Vatanim…

Qizim desa osmonlarga
G`irot bo`lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga
Qayliq bo`lib tushgayman,
Padarkushdan pana qilib
Ulug`beging quchgayman,
G`ichir-g`ichir tishimdagi
So`lig`imsan, Vatanim…

Shodon kunim gul otgan sen,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi,
Onammi,
Ilig`imsan, Vatanim, o`zingsan,

Sen – shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam,
Qizim deb,
Bosh egib turgan o`zing,
Ulug`imsan, VATANIM !

Shodon kunim gul otgan sen,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi,
Onammi,
Oftobimsan, Vatanim, o`zingsan,

Sen – shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam,
Qizim deb,
Bosh egib turgan o`zing,
Ulug`imsan, VATANIM !

Другие названия этого текста
  • Sevara Nazarkhan - Ulughimsan Vatanim (0)
  • севара - Ulughimsan Vatanim (0)
Статистика страницы на pesni.guru ▼
Просмотров сегодня: 1
Видео
  • Sevara Nazarkhan - Ulug'imsan Vatanim Sevara Nazarkhan - Ulug'imsan Vatanim
    Sevara Nazarkhan - Ulug'imsan Vatanim ... Sevara Nazarhan - Ulug'imsan Vatanim ...
  • Севара - Ulug'imsan Vatanim Севара - Ulug'imsan Vatanim
    Севара - Ulug'imsan Vatanim ... Севара - Ulug himsan Vatanim (Моя Великая Земля) - Duration: 5 ...
  • Sevara - Ulug'imsan vatanim ___ Севара ... Sevara - Ulug'imsan vatanim ___ Севара ...
    Sevara - Ulug'imsan vatanim ___ Севара - Улуғимсан ватаним ... Севара - Ulug himsan Vatanim (Моя Великая ...
  • Sevara Nazarxan-Sumerki Sevara Nazarxan-Sumerki
    Sevara Nazarxan- sumerki. ... Sevara Nazarhan - Ulug'imsan Vatanim (Премия ...
  • Севара Назархан Прости Мама С Харламов Севара Назархан Прости Мама С Харламов
    Севара Назархан Прости Мама С Харламов .... Sevara Nazarhan - Ulug'imsan Vatanim (Премия Эътироф-2013 ...
  • Seni deb by Shahriyor & Sevara Nazarxon(Uzbek ... Seni deb by Shahriyor & Sevara Nazarxon(Uzbek ...
    Shaxriyor & Sevara Nazarkhan - Seni deb (Official music video) .... Sevara Nazarhan ...