[Rayhon] Bag’ishladim hayotimni Izhor aylab his-tuyg’ularimni, Yengolmadim sog’inchimni, Yig’a olmadim men xayolimni. Unga borimni bergandim, Evaziga nimalar olgandim? Ketganda bilmagandim, Aybimni negadir topmagandim. Sevgilimdan men Azoblar ko’rdim, Nega yolg’izman? Nega? Nega?
[Ulug'bek Rahmatullaev] O’qilmagan kitobdek sen bo’lgin, Aytilmagan qo’shiqdek, Sevging abadiy qolib yashaydi O’z hislaringni yashira olsang. O’qilmagan kitobdek sen bo’lgin, Aytilmagan qo’shiqdek, Ko’ngil qulfini qiynalib ochsin, Mashaqqat bilan senga erishsin.
[Rayhon] U izladi baxt o’zgadan, Axir sevgim baxshida etganman. Nelar kerak yana unga? Kunlarim aylanib borar tunga. Boru yo’gim hadya etdim, Netay uni shunchalik men sevdim? Voz kechganda yosh to’kkandim, Sevgim uzra afsuslar chekkandim. Sevgilimdan men Azoblar ko’rdim, Nega yolg’izman? Nega? Nega?
[Ulug'bek Rahmatullaev] O’qilmagan kitobdek sen bo’lgin, Aytilmagan qo’shiqdek, Sevging abadiy qolib yashaydi O’z hislaringni yashira olsang. O’qilmagan kitobdek sen bo’lgin, Aytilmagan qo’shiqdek, Ko’ngil qulfini qiynalib ochsin, Mashaqqat bilan…
[Rayhon] Endi anglaganday bo’ldim Xatoim asli nimada. [Ulug'bek Rahmatullaev] Xatoing sevgingni Unga oshkor etganda!
Rayhon&Ulug'bek Rahmatullaev - O'qilmagan ... Райхон участвовала на концерте Улугбека Рахматуллаева 26-27 ... Shahzoda va Ulug'bek Rahmatullayev - Rashk | Шахзода ва ...